
Verse 1] Hayotning har dami omonat derlar, Baxtni yo'llaridan tutib ol meni. Ertaga ko'zlarim ochmasman balki, Bugun imkoning bor, sevib qol meni. [Verse 2] Hozr kerak sandek, unut ertani, Hatto sog'inchingdan kuydirma meni. Kerakmas ertaga doston bitmog'ing, Bugun imkoning bor, sevib qol meni. [Chorus] Seni sog'indim de, men yo'lga чiqay, Sog'inchning yo'lida kutib ol meni. Ertaga ko'changdan o'tmasman balki, Bugun imkoning bor, sevib qol meni. [Verse 3] Taqdir bzlar bilan o'yinlar o'ynar, Bugun hushyorroq bo'l, sezib qol meni. Yo'qsa butun umr armon bo'ladi, Bugun imkoning bor, sevib qol meni. [Chorus] Seni sog'indim de, men yo'lga чiqay, Sog'inchning yo'lida kutib ol meni. Ertaga ko'changdan o'tmasman balki, Bugun imkoning bor, sevib qol meni. [Outro] Faqat bugun... vaqt borida... Kutib ol meni... Sevib qol meni...

