[Intro] (Instrumental) [Verse 1] Do'stlar bir dilbari joni jahonim bor mening Orazigul qomati sarvi ravonim bor mening Furqatida ro'zi shab og'u fig'onim bor mening Oh kim oshifta holu notavonim bor mening So'zi ishqida bas-e dog'i miyonim bor mening [Chorus] (Instrumental) [Verse 2] Har qiyo boqquncha jonimga o'tlarni solar Rishtayi jonim uzurlar va ko'mrim qisqalar Taqati sabrim tugab armon to'lar ko'nglim qalar Ishvalar sohibi bil andoq jonimni olar Va na zolim dilbari nomehribonim bor mening [Chorus] (Instrumental) [Verse 3] Jon berarlar ishqida yuz men kabi ovoralar Bo'lmamish olamda mandek kimsa baxti qoralar Tiyg'i hijrondin yuragim bo'ldi yuz ming poralar Qon ravon oqti jigardin pora bo'lgan yoralar Shul-a dardi beqarori beomonim bor mening [Chorus] (Instrumental) [Verse 4] Yuzina hayron erur ishq ahli bo'lgan jonlar Bo'la-yi shaydo bo'lib dur hamma-cha jononlar Olam ahli o'tmiram hamdam-u farmonlar Qullig' aylar xizmatinda xonlar sultonlar Xushmag'ar zanvash-i sohibqironim bor mening [Chorus] (Instrumental) [Verse 5] Pardadin ko'rsatdi yuz olamga u shohi jahon Tushdi oshiqlaringiz ming dodi ohu fig'on Zulf ochib mandali oshifta qildi har zamon Partavi husni solib jonlarni kuydirdi ravon Bir ajoyib mahliqo sohibqironim bor mana [Chorus] (Instrumental) [Outro] Hay Toyira bilmam nadandir zora hayronliq sanga Ne sababdan bo'ldi bilmam chashmi giryonliq sanga Bilsang-e endi yaqin bu bandi farmonliq sanga Dunyoda yetmasmi endi ushbu sultonliq sanga Har zamon yodimda hay-u javdonim bor mening Do'stlar bir dilbari joni jahonim bor mening